📍Bulung’ur tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati o'rganildi
✅Samarkand viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Vaxabov, viloyat kichik sanoat zonalari direksiyasi rahbari A.Qamarov Bulung’ur tumanida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalaridagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, tuman hokimligi Investitsiya bo'limi, tuman Prokuraturasi, tuman MIB, tuman Kadastrlar palatasi mas’ullari bilan birgalikda “G‘o‘bdin” mahallasi hududida tashkil etilayotgan “G‘o‘bdin” kichik sanoat zonasida bo‘lishdi. Bu yerda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar bilan tanishdi va loyihalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, muammolarni hal etish belgilab olindi.