Yangiliklar

ISHTIXON TUMANIDAGI SANOAT ZONALARIDA LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI

 

 

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori tuman prokurori, hokimlik hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Ishtixon tumanidagi sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

 

O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish, qurilish-montaj ishlarining borishi, GASN bilan bog‘liq masalalar, kredit mablag‘larini jalb etish va loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar muhokama qilindi.

 

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, loyihalarni jadallashtirish hamda tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

15-Sentabr, 2026-yil

“Bog‘izog‘on” — yangi sanoat maskani

“Bog‘izog‘on” — yangi sanoat maskani

 

Toyloq tumanida “Bog‘izog‘on” kichik sanoat zonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev, Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori Dilshod Xabibullayev, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, mas’ullar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

8,9 gektar maydonda tashkil etilgan sanoat zonasiga 8,2 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Hududdagi 18 ta lotda 166,5 milliard so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 10 million dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb etish va 350 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

 

Ayni paytda “UNIQUE LEKSAN GROUP”, “OLTIN SIFAT PULS”, “XON LUX MEBEL” va “FILLER STAR” kabi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

 

Sanoat zonasining ishga tushirilishi Toyloq tumanida ishlab chiqarishni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

 

29-Avgust, 2026-yil

“Juriyat” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi

“Juriyat” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi

 

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan Jomboy tumanidagi “Juriyat” kichik sanoat zonasida elektron onlayn auksion orqali yer maydonlarini yutib olgan tadbirkorlar bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

 

Unda Samarqand viloyati Davlat bojxona boshqarmasi xodimlari, Direksiya mas’ul xodimi hamda tumandagi tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda tadbirkorlarning faoliyatini boshlash bilan bog‘liq muammolari, jumladan, kredit mablag‘larini jalb etish va loyiha ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Direksiya tomonidan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish va tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.

 

29-Avgust, 2026-yil

Kildon kichik sanoat zonasida muhandislik kommunikatsiyalari barpo etilmoqda


Bulung‘ur tumanidagi “Kildon” MFY hududida 8,2 gektar maydonda tashkil etilgan “Kildon” kichik sanoat zonasi hududida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qarori 2.9-ilovasining 6.2-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ayni paytda hududda oqova suv tarmoqlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi sanoat zonasida yangi ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda hududning sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

21-Avgust, 2026-yil

“China Long Teng International Development” MChJ XK vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev “China Long Teng International Development” MChJ XK vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Yakkabog‘” kichik sanoat zonasida zamonaviy qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Muhokamalar davomida Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev tomonidan kichik sanoat zonasidagi mavjud bo‘sh yer maydonlari va ularning imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlarga loyihani kengaytirish va qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish maqsadida auksion savdolariga chiqarilgan bo‘sh yer maydonlari bo‘yicha mavjud takliflar taqdim etildi.

 

Tomonlar loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

12-Avgust, 2026-yil

“DREAM DESIRE” MChJ ning yangi loyihasi bilan tanishildi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev Samarqand shahridagi “Nasos uchastkasi” kichik sanoat zonasida “DREAM DESIRE” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan polipropilen qop ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Xitoyning “DONGLAI” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga tashrif doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan texnologik yechimlar hamda zamonaviy uskunalarni o‘rnatish jarayonlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, loyihaning amalga oshirilish bosqichlari, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muddatlari, kelgusida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari hamda mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida loyihani belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish, ishlab chiqarishni tez fursatda ishga tushirish va investitsiya majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

28-Iyul, 2026-yil

Tadbirkorlar murojaatlari va muammolari joyiga chiqib o‘rganildi

Payariq tumanidagi sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

 

Unda viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A. Yusupov, Payariq tumani prokurori A. Valiyev hamda Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev, shuningdek, tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma, yer va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 

Shundan so‘ng mutasaddilar ishtirokida sanoat zonalaridagi ayrim loyihalar va tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda loyihalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

 

16-Iyul, 2026-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech