TADBIRKORLAR MUAMMOLARI VA MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D.Xabibullayev hamda Urgut tumani prokurori I.Mustanov ishtirokida Urgut tumanidagi sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning faoliyati jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, takliflar va murojaatlari tinglandi. Ularni hal etish, mavjud to‘siqlarni bartaraf qilish hamda loyihalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, tumandagi “Sariqtepa” kichik sanoat zonasi hududiga tashrif buyurilib, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va sanoat zonalarida loyihalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.