Yangiliklar

Sanoat zonalarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi

 

 

Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev tomonidan Samarqand tumanida joylashgan sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati o‘rganildi.

 

O‘rganishlar davomida sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlardan foydalanish holati, shuningdek korxonalarda uchrayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni bartaraf etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

 

Mazkur o‘rganishlar sanoat zonalarida faoliyatni yanada faollashtirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

16-Yanvar, 2026-yil

“Qo‘shxovuz” kichik sanoat zonasida elektr infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan “Qo‘shxovuz” kichik sanoat zonasida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida infratuzilma ishlari olib borilmoqda. Xususan, mazkur hududda 0,3 kilometr uzunlikdagi elektr tarmog‘ini tortish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 

Mazkur loyiha doirasida jami 670 million so‘m mablag‘ ajratilib, elektr energiyasi transformatorini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar sanoat zonasi ishtirokchilarini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

 

Amalga oshirilayotgan ishlar yakunlangach, “Qo‘shxovuz” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun qulay ishlab chiqarish sharoitlari yaratiladi hamda yangi loyihalarni ishga tushirish imkoniyatlari kengayadi.

13-Yanvar, 2026-yil

Kattaqo‘rg‘on shahrida sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasi amalga oshirilmoqda

 

 

Kattaqo‘rg‘on shahar Qo‘shxovuz kichik sanoat zonasi hududida “Shoxijaxon chorvalari” MCHJ tomonidan sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Loyiha doirasida zamonaviy ishlab chiqarish binolari barpo etilishi kutilmoqda.

 

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 6,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Rejalarga ko‘ra, loyiha joriy yilning may oyida to‘liq ishga tushirilishi belgilangan bo‘lib, natijada 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi hamda hududning sanoat salohiyati yanada oshadi.

8-Yanvar, 2026-yil

Korrupsiya – taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi illat

 

Korrupsiya jamiyat rivoji, adolat va qonun ustuvorligiga jiddiy zarar yetkazadi. U iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi va teng imkoniyatlar tamoyiliga putur yetkazadi.

 

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchidir. Halollik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish orqali biz sog‘lom va adolatli jamiyat barpo etishimiz mumkin.

 

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik — kelajagimiz o‘z qo‘limizda!

6-Yanvar, 2026-yil

Narpay tumanida yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda

Narpay tumanida yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda

 

Narpay tumani “Baxt” kichik sanoat zonasi hududida “GREEN AKTEX” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Onlayn-auksion savdolari orqali yutib olingan yer maydonida qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetkazilmoqda.

 

Ta’kidlash joizki, mazkur kichik sanoat zonasi sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan to‘liq muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan ta’minlangan.

 

Mazkur loyiha doirasida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Korxona to‘liq ishga tushirilgach, 300 nafarga yaqin doimiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Loyihaning amalga oshirilishi hudud sanoat salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatli mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.

5-Yanvar, 2026-yil

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimlari uchun census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.

 

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

 

Seminar jarayonida Samarqand viloyati Statistika boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan census.stat.uz portalidan foydalanish tartibi va qoidalari, ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari hamda portal orqali ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 

Mazkur seminar xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish hamda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.

25-Dekabr, 2025-yil

Xalqobod kichik sanoat zonasida gaz tarmog‘ini ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda

Payariq tumanidagi Xalqobod kichik sanoat zonasi ishtirokchilari tomonidan murojaat qilinishi natijasida, qurilish ishlarini boshlashga to‘sqinlik qilayotgan gaz tarmog‘ini ko‘chirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Mazkur gaz tarmog‘i ayrim loyihalar doirasida yangi ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlari qurilishiga xalal berayotganligi sababli, belgilangan tartibda boshqa hududga ko‘chirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga xizmat qiladi.

 

Xalqobod kichik sanoat zonasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

24-Dekabr, 2025-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech