Yangiliklar

Pastdarg‘om tumanidagi sanoat zonalarida loyihalar holati o‘rganildi

 

 

Viloyat hokimi o‘rinbosari X. Samiyev, Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev hamda tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda Pastdarg‘om tumani hududidagi sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

 

O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, investitsiya loyihalarining bajarilish holati, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish muddatlari hamda to‘xtab qolgan loyihalar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar va mavjud to‘siqlar muhokama etildi.

 

Mas’ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda to‘xtab qolgan loyihalarni qayta tiklash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

26-Fevral, 2026-yil

Nurobod tumanida sanoat zonalari ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

Sanoat zonalari direksiyasi direktori D.Xabibullayev hamda Nurobod tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida sanoat zonalari ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish, turli sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan loyihalarni qayta tiklash va jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Loyihalarni samarali amalga oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

 

Mazkur uchrashuv sanoat zonalarida ishlar samaradorligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

25-Fevral, 2026-yil

Jomboy tumanidagi “Dehqonobod” sanoat zonasida o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi

 

Jomboy tumanidagi “Dehqonobod” sanoat zonasida viloyat prokuraturasi hamda Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi mas’ullari tomonidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.

Jarayon davomida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari borishi, belgilangan tartibda ruxsatnoma hujjatlarining mavjudligi hamda amaldagi qonunchilik va texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarini belgilangan me’yorlar asosida tashkil etish hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tadbirkorlarga zarur tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalarning qonuniyligi, sifati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

24-Fevral, 2026-yil

Bulung‘ur tumanidagi kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

 

Bosh prokuror o‘rinbosari, Respublika shtabi rahbari S. Samadov Bulung‘ur tumanidagi kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, Amir Temur hamda Kildon mahallalari hududlarida joylashgan kichik sanoat zonalarida yer maydonlarini ajratish jarayonlari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan olib borilayotgan ishlab chiqarish faoliyati, mavjud shart-sharoitlar va infratuzilma ta’minoti ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yer ajratish va qurilish jarayonlarida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga qonunda belgilangan tartibda tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur tashrif hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sanoat zonalari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etishga xizmat qiladi.

20-Fevral, 2026-yil

Sanoat zonalaridagi yer maydonlarini auksionga chiqarish jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi

 

 

Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A. Vaxabov hamda viloyat Kadastrlar palatasi mas’ullari ishtirokida kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yer maydonlarini auksionga chiqarish jarayonida uchrayotgan to‘siq va kamchiliklar tizimning o‘zidan joyiga chiqib tahlil qilindi. Mutasaddilar tomonidan mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

Shuningdek, yer ajratish va auksion jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi hamda qonuniyligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

7-Fevral, 2026-yil

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari X. Samiyev Payariq tumanidagi Xalqobod sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari X. Samiyev Payariq tumanidagi Xalqobod sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari X. Samiyev Payariq tumanidagi Xalqobod sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida tadbirkorlarning mavjud muammolari va takliflari atroflicha tinglandi.

 

Uchrashuvda amalga oshirilmagan loyihalarni ishga tushirish, mavjud loyihalarni kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Viloyat rahbariyati tomonidan sanoat zonalarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

6-Fevral, 2026-yil

Amir Temur kichik sanoat zonasi elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda

 

 

Bulung‘ur tumanida joylashgan “Amir Temur” kichik sanoat zonasida tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, sanoat zonasini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 0,5 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortilmoqda.

 

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 300 million so‘m mablag‘ Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan. Ushbu loyiha sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan korxonalar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

 

Amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari natijasida kichik sanoat zonasining ishlab chiqarish salohiyati oshib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratiladi.

30-Yanvar, 2026-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech