Nurobod tumanida sanoat zonalari ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Sanoat zonalari direksiyasi direktori D.Xabibullayev hamda Nurobod tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida sanoat zonalari ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish, turli sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan loyihalarni qayta tiklash va jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Loyihalarni samarali amalga oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv sanoat zonalarida ishlar samaradorligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.