Kattaqo‘rg‘on shahrida yangi sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 392-sonli qaroriga asosan, Kattaqo‘rg‘on shahrida rangli metallni qayta ishlash yo‘nalishida yangi investitsiya loyihasi doirasida “METALL SOLUTION INTERNATIONAL 7777” MChJ korxonasini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida loyiha doirasida olib borilgan qurilish ishlari to‘liq yakunlanganligi aniqlandi. Hozirgi kunda korxonada zamonaviy uskunalarni o‘rnatish hamda ishga tushirish (ishga sozlash) jarayonlari jadal olib borilmoqda.
Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida hududda sanoat salohiyati yanada oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda rangli metall mahsulotlarini qayta ishlash hajmi kengayishi kutilmoqda.