Biz korrupsiyaga qarshimiz — taraqqiyot yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etamiz
Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi eng katta g‘ovlardan biridir. U adolat tamoyillarini buzadi, davlat tizimiga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi hamda sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu maqsadda, barcha jarayonlarda halollik va adolatni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillariga amal qilish orqali ushbu illatni bartaraf etish barchamizning umumiy vazifamizdir.