Pastdarg‘om tumanidagi sanoat zonalarida loyihalar holati o‘rganildi
Viloyat hokimi o‘rinbosari X. Samiyev, Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev hamda tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda Pastdarg‘om tumani hududidagi sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, investitsiya loyihalarining bajarilish holati, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish muddatlari hamda to‘xtab qolgan loyihalar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar va mavjud to‘siqlar muhokama etildi.
Mas’ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda to‘xtab qolgan loyihalarni qayta tiklash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.