Samarqand viloyatida sanoat zonalari ishtirokchilari uchun seminar tashkil etildi

27-Mart, 2026-yil

 

 

Samarqand viloyat prokuraturasi, Sanoat zonalari direksiyasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Kadastrlar palatasi mas’ullari hamkorligida sanoat zonalari ishtirokchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

 

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi “Kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 432-son qarori mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga bag‘ishlandi.

 

Tadbir davomida ishtirokchilarga qaror doirasida  yaratilayotgan imkoniyatlar, yer maydonini xususiylashtirish tartiblari, davlat aktivlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech