Payariq tuman hokimligida sanoat zonalarida mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish, tadbirkorlarga yaqindan ko‘mak berish maqsadida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari J. Urakov, sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev, shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.
Kun tartibidan kichik va yoshlar sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan turli masalalarni aniqlash, ularni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha taklif va choralarni ishlab chiqish o‘rin oldi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammolar tinglandi va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida sanoat zonalarida ishbilarmonlik muhiti va infratuzilmani yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini qulaylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Samarqand viloyati hokimining sanoat bo‘yicha maslahatchisi J. Urakov, “Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” direktori D. Xabibullayev hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Tayloq tumanidagi sanoat zonalarida joylashgan loyihalar holatini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida loyiha egalari bilan muloqot o‘tkazilib, har bir loyiha bo‘yicha bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan sust borayotgan loyihalarga aniq topshiriqlar berilib, ularni to‘liq ishga tushirish bo‘yicha qat’iy muddatlar belgilandi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — sanoat zonalarida investorlar faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratish jarayonini tezlashtirishdan iborat.
Mazkur loyiha tadbirkorlar faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Loyihani amalga oshirish uchun 1,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ichimlik suv tarmog‘i barpo etildi. Qurilish doirasida 1,2 kilometr uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i tortilib, hududdagi korxonalar uchun barqaror suv ta’minoti yaratildi.
Yangi inshootning ishga tushirilishi "Qoldivoyjar" kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, yangi loyihalar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Narpay tumanining “Baxt” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan kichik sanoat zonasida suv tarmog‘i qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Loyiha qiymati 1,3 milliard so‘mni tashkil etib, 1,5 kilometr uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, texnik jihozlar o‘rnatildi va tarmoqning uzluksiz ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Yangi infratuzilmaning ishga tushirilishi natijasida sanoat zonasida faoliyat boshlayotgan korxonalar uchun qulay imkoniyatlar yaratildi, tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladigan muhim qadam amalga oshirildi. Shuningdek, hududda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish va yangi loyihalarni jalb etish uchun mustahkam zamin yaratildi.
Korxona ayollar va bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, mahsulotlari hozirda O‘zbekiston bozoriga yetkazib berilmoqda.
Kelgusida korxona ishlab chiqarilgan kiyimlarni Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston bozorlariga eksport qilishni rejalashtirgan.
Ushbu ishlab chiqarish majmuasida 70 ta ish o‘rni yaratilgani hudud aholisini ish bilan ta’minlashda o’z hissasini qo’shmoqda.
Samarqand viloyati Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari Dilshod Xabibullayev Tayloq tumani “Bog‘izog‘on” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan sanoat zonasi ishtirokchilari faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, mavjud loyihalar va kelgusidagi rivojlanish rejalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hududdagi infratuzilma masalalari, ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Direksiya rahbari tomonidan korxonalarga qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish, zarur sharoitlarni yaratish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi DM direktori Dilshod Xabibullayev Jomboy tumanidagi sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatini o‘rgandi.
Xususan, tumanga tashrif davomida “Maroqand Meva-Sabzavot” hamda “Golden Colors” korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va mavjud imkoniyatlari bilan tanishdi.
Shuningdek, korxonalardagi muammo va takliflar o‘rganilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.