Samarqand viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hamkorligida Sariqtepa kichik sanoat zonasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Loyiha doirasida uzunligi 420 metr, eni 5 metr bo‘lgan ichki yo‘l barpo etildi. Mazkur ishlarni moliyalashtirish uchun Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 334 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ushbu infratuzilma loyihasi sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratib, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari D. Xabibullayev, Narpay tumani hokimi A. Boliyev hamda tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida kichik sanoat zonasi tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, infratuzilma, yer hujjatlari va ishlab chiqarish faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Mazkur uchrashuv kichik sanoat zonasida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Paxtachi tumani, “Fay” MFY hududidagi “Ziyovuddin A.J. Toshkenjayev paxta tozalash punkti”kichik sanoat zonasida yo‘l infratuzilmasi yangilandi.
Asfalt yotqizilgan yo‘l sanoat zonasi korxonalari va yuk avtomashinalari uchun muhim hisoblanadi — endilikda tashqi va ichki yetkazib berishlar tezligi va xavfsizligi yaxshilanadi.
Loyihaning ijobiy jihatlari:
• Yo‘lning umumiy uzunligi: 317 metr.
• Sarflangan mablag‘: 248,3 mln so‘m (yo‘l infratuzilmasi va asfalt qoplamiga yo‘naltirilgan).
• Natija: yuk va iste’mol transporti uchun o’tkazuvchanlik oshadi, transport xarajatlari kamayadi, sanoat zonasi infratuzilmasi yaxshilanadi.
Paxtachi tumanida amalga oshirilgan bu kabi infratuzilma chora-tadbirlari mahalliy tadbirkorlar va ish o‘rinlari uchun qulay sharoit yaratadi.
Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev Paxtachi tumanidagi “Burqut”, “Xayit Elbegi” va “Ziyovuddin A.J. Toshkenjayev paxta tozalash punkti” kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Tashrif davomida qurilish jarayonlari, mavjud loyihalarning borishi, shuningdek, to‘xtab qolgan va boshlanmagan tashabbuslarning sabablari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Olib borilgan tahlillar asosida loyihalarni jadallashtirish va zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi.
Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev Payariq tumani “Xalqobod” kichik sanoat zonasi hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglandi, ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, loyihalarning amalga oshirilish sur’atlari, ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari va infratuzilma bilan ta’minlanish holati bo‘yicha tahliliy suhbatlar o‘tkazildi.
Direksiya rahbari tomonidan sanoat zonasida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Samarqand tumani “Oxalik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida suv ta'minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi suv inshooti barpo etildi va foydalanishga topshirildi.
Loyiha doirasida 1,5 km uzunlikdagi suv tarmog‘i tortilib, sanoat zonasi ishtirokchilari uchun zarur sharoitlar yaratildi. Qurilish ishlari uchun 1,3 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Ushbu infratuzilma obyekti tadbirkorlarning ishlab chiqarish jarayonini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi va hududda yangi loyihalarning faol ishlashiga poydevor yaratadi.
Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari D. Xabibullayev “Naymantepa” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan o‘rganish ishlari olib bordi. Jarayonda ularning qurilish ishlariga to‘sqinlik qilayotgan masalalar ko‘rib chiqildi.
Tuman hokimligi, kadastr va ekologiya bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan muhokamalar natijasida mavjud to‘siqlar bartaraf etildi. Tadbirkorlarning yer hujjatlari, loyiha tasdiqlari va ekologik talablar bo‘yicha yuzaga kelgan noaniqliklar joyida hal etilib, ularning qurilish jarayonini davom ettirishiga sharoit yaratildi.
Ushbu choralar kichik sanoat zonasida investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va hudud sanoat salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.