Yangiliklar

Samarqand viloyatidagi sanoat zonalarida loyihalar ijrosi bo‘yicha choralar kuchaytirildi

Samarqand viloyati hokimining sanoat bo‘yicha maslahatchisi J. Urakov, “Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” direktori D. Xabibullayev hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Tayloq tumanidagi sanoat zonalarida joylashgan loyihalar holatini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida loyiha egalari bilan muloqot o‘tkazilib, har bir loyiha bo‘yicha bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Mutasaddilar tomonidan sust borayotgan loyihalarga aniq topshiriqlar berilib, ularni to‘liq ishga tushirish bo‘yicha qat’iy muddatlar belgilandi. 

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — sanoat zonalarida investorlar faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratish jarayonini tezlashtirishdan iborat.

2-Dekabr, 2025-yil

Urgut tumani “Qoldivoyjar” kichik sanoat zonasida yangi Suv Inshooti foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyiha tadbirkorlar faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Loyihani amalga oshirish uchun 1,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ichimlik suv tarmog‘i barpo etildi. Qurilish doirasida 1,2 kilometr uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i tortilib, hududdagi korxonalar uchun barqaror suv ta’minoti yaratildi.

Yangi inshootning ishga tushirilishi "Qoldivoyjar" kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, yangi loyihalar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

1-Dekabr, 2025-yil

Narpay tumanidagi Kichik sanoat zonasida yangi suv tarmog‘i ishga tushirildi.

Narpay tumanining “Baxt” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan kichik sanoat zonasida suv tarmog‘i qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. 

Loyiha qiymati 1,3 milliard so‘mni tashkil etib, 1,5 kilometr uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, texnik jihozlar o‘rnatildi va tarmoqning uzluksiz ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Yangi infratuzilmaning ishga tushirilishi natijasida sanoat zonasida faoliyat boshlayotgan korxonalar uchun qulay imkoniyatlar yaratildi, tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladigan muhim qadam amalga oshirildi. Shuningdek, hududda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish va yangi loyihalarni jalb etish uchun mustahkam zamin yaratildi.

28-Noyabr, 2025-yil

Pastdarg‘om MTP KSZ hududida “Diyorabonu Fayz Baraka” tikuv-trikotaj korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Korxona ayollar va bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, mahsulotlari hozirda O‘zbekiston bozoriga yetkazib berilmoqda.

Kelgusida korxona ishlab chiqarilgan kiyimlarni Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston bozorlariga eksport qilishni rejalashtirgan.

Ushbu ishlab chiqarish majmuasida 70 ta ish o‘rni yaratilgani hudud aholisini ish bilan ta’minlashda o’z hissasini qo’shmoqda.

26-Noyabr, 2025-yil

Sanoat zonalarida korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda.

Samarqand viloyati Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari Dilshod Xabibullayev Tayloq tumani “Bog‘izog‘on” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan sanoat zonasi ishtirokchilari faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, mavjud loyihalar va kelgusidagi rivojlanish rejalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududdagi infratuzilma masalalari, ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Direksiya rahbari tomonidan korxonalarga qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish, zarur sharoitlarni yaratish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

20-Noyabr, 2025-yil

Sanoat zonalarida korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda.

Samarqand viloyati Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi DM direktori Dilshod Xabibullayev Jomboy tumanidagi sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatini o‘rgandi.

Xususan, tumanga tashrif davomida “Maroqand Meva-Sabzavot” hamda “Golden Colors” korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va mavjud imkoniyatlari bilan tanishdi.

Shuningdek, korxonalardagi muammo va takliflar o‘rganilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

18-Noyabr, 2025-yil

“Qorag‘uppa” kichik sanoat zonasi.

Pastdarg‘om tumani, “Qorag‘uppa” kichik sanoat zonasida joylashgan “NextFormUz” MCHJ ning mebel ishlab chiqarish va realizatsiya qilish loyihasi.

“NextFormUz” MCHJ zamonaviy texnologiyalar asosida turli xil mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona ichki bozordagi ehtiyojni qondirish bilan birga, eksport yo‘nalishlarini ham faol rivojlantirmoqda.

Eksport bozorlari:

- Qozog‘iston
- Qirg‘iziston
- (Rejalashtirilgan): Turkiya

Bugungi kunda korxonada 40–50 nafar ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, mahalliy aholi bandligiga hissa qo‘shib kelmoqda.
 

18-Noyabr, 2025-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech