Yangiliklar

📍Urgut tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati o’rganildi.

✅Samarqand viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i A.Vaxabov, Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi taxlil sektori mudiri I.Berdiyorov hamda Urgut tuman hokimligining tegishli mas’ullari bilan birgalikda Urgut tumanidagi kichik sanoat zonalarida o’rganish ishlari olib borildi.

📌Shuningdek, kichik sanoat zonalaridagi mavjud muammo va takliflar yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

1-May, 2025-yil

📍Samarqand tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati o'rganildi.

📌Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanov, kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi mas’ullari hamda mas’ul idora vakillari bilan birgalikda tumandagi "Yangiariq Kichik sanoat zonasi"da faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar bilan tanishdi.

Jumladan, “ORIENTAL BUZINESS STILL” XK tomonidan politilen truba va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, “SHERZOD FRUITS BOX” MCHJ gofra karton ishlab chiqarishni tashkil etish,  “MAROCAN MOSAIC” MCHJ  tomonidan tarixiy obidalarni ta'mirlash va mozayka mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda "PRAKTIK SAMARKAND" MCHJ QKning elektron chiqindilar utilizatsiyasi loyihasi doirasidagi muammolarini hal etilishi nazoratga olindi.

30-Aprel, 2025-yil

📍Bulung’ur tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati o'rganildi

✅Samarkand viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Vaxabov, viloyat kichik sanoat zonalari direksiyasi rahbari A.Qamarov Bulung’ur tumanida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalaridagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, tuman hokimligi Investitsiya bo'limi, tuman Prokuraturasi, tuman MIB, tuman Kadastrlar palatasi mas’ullari bilan birgalikda “G‘o‘bdin” mahallasi hududida tashkil etilayotgan “G‘o‘bdin” kichik sanoat zonasida bo‘lishdi. Bu yerda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar bilan tanishdi va loyihalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, muammolarni hal etish belgilab olindi.

 

25-Aprel, 2025-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech