Yangiliklar

Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoat zonasini barpo etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ–145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tegishli mas’ul tashkilotlar hamda hokimlik vakillari ishtirok etib, Kattaqo‘rg‘on tumani hududida 100 gektar maydonda tashkil etiladigan mashinasozlik sanoat zonasini zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Muhokamalar davomida hududga elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, avtomobil yo‘llari va boshqa muhandislik tarmoqlarini olib kirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yakunda qaror ijrosini o‘z muddatida va sifatli ta’minlash, shuningdek, belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

9-Iyul, 2026-yil

Narpay tumanida sanoat zonalaridagi loyihalar holati tahlil qilindi

 

 

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari D. Xabibullayev tomonidan Narpay tumanidagi sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan amaliy uchrashuv o'tkazildi.

 

Unda Narpay tumani hokimi A. Boliyev, tuman prokurori A. To'ychiyev hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati tahlil qilinib, faoliyati to'xtab qolgan loyihalarni qayta ishga tushirish, ishlab chiqarishni boshlamagan tadbirkorlar bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, tadbirkorlarning murojaat va takliflari ko'rib chiqilib, ularni hal etish bo'yicha amaliy choralar belgilandi.

8-Iyul, 2026-yil

Paxtachi tumanidagi “Fay” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 

 

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari D. Xabibullayev Paxtachi tumanidagi “Fay” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda Paxtachi tumani hokimi Q. Xushbakov, tuman prokurori S. Madjidov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari A. G‘iyosov hamda tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

 

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish, mavjud infratuzilma, yer ajratish hamda boshqa  murojaat va takliflar tinglandi. Har bir masala yuzasidan mutasaddilar tomonidan atroflicha muhokamalar o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli amaliy yordamlar ko'rsatildi.

 

Shuningdek, hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari ko‘rib chiqilib, ularni o‘z vaqtida ishga tushirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

7-Iyul, 2026-yil

E'LON!

Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali Yoshlar sanoat zonasi yer uchastkalarini ijara huquqi bilan sotib oling!

Ishtixon tumanidan 15 ta (ko'rish)
Payariq tumanidan 10 ta (ko'rish)

e-auksion.uz video

Yoshlar sanoat zonasiga qadar barcha kerakli kommunikatsiyalar olib kelinadi.

"E-AUKSION" vakili (71) 202-21-11

30-Iyun, 2026-yil

E'LON

Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali Kichik sanoat zonasi yer uchastkalarini ijara huquqi bilan sotib oling!

Paxtachi tumanidan 11 ta (ko'rish)
Bulung`ur tumanidan 6 ta (ko'rish)
Jomboy tumanidan 7 ta (ko'rish)
Urgut tumanidan 10 ta (ko'rish)
Samarqand tumanidan 20 ta (ko'rish)
Kattaqo’rg’on tumanidan 1 ta (ko'rish)

e-auksion.uz video

Kichik sanoat zonasiga qadar barcha kerakli kommunikatsiyalar olib kelinadi.


"E-AUKSION" vakili: (71) 202-21-11 

26-Iyun, 2026-yil

DREAM DESIRE MChJning ishlab chiqarish salohiyati o‘rganildi

 

 

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev hamda Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Narbayev tomonidan Samarqand shahri Farhod qo‘rg‘oni hududidagi “Nasos uchastkasi”da joylashgan DREAM DESIRE MChJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 

Tashrif davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar, yaratilgan ish o‘rinlari hamda kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishildi. Korxona tomonidan bugungi kunda “Oyoq kiyim ishlab chiqarish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda “Qop ishlab chiqarish” yo‘nalishida yangi loyiha doirasida qurilish ishlari olib borilmoqda.

 

Loyiha doirasida bugungi kunga qadar 365 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Korxonada 25 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanib kelinmoqda.

23-Iyun, 2026-yil

Pastdarg‘om tumanidagi “Kimyogarlar-2” kichik sanoat zonasida o’rganish olib borildi

Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shuxrat Narbayev Pastdarg‘om tumanidagi “Kimyogarlar-2” kichik sanoat zonasi hududida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni o‘rgandi.

 

Tashrif doirasida hududning bugungi holati, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o’tkazildi.

 

O’rganishlar davomida, KSZ hududidagi yer maydonlarining past-baland joylarini zarur sathga keltirish, bosh reja asosida ichki yo‘llarni ochish hamda hududda amalga oshiriladigan loyihalar uchun qurilishga ruxsat  beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o’rganildi.

12-Iyun, 2026-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech