Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoat zonasini barpo etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

9-Iyul, 2026-yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ–145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tegishli mas’ul tashkilotlar hamda hokimlik vakillari ishtirok etib, Kattaqo‘rg‘on tumani hududida 100 gektar maydonda tashkil etiladigan mashinasozlik sanoat zonasini zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Muhokamalar davomida hududga elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, avtomobil yo‘llari va boshqa muhandislik tarmoqlarini olib kirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yakunda qaror ijrosini o‘z muddatida va sifatli ta’minlash, shuningdek, belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech