Tadbirkorlar murojaatlari va muammolari joyiga chiqib o‘rganildi

16-Iyul, 2026-yil

Payariq tumanidagi sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

 

Unda viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A. Yusupov, Payariq tumani prokurori A. Valiyev hamda Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev, shuningdek, tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma, yer va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 

Shundan so‘ng mutasaddilar ishtirokida sanoat zonalaridagi ayrim loyihalar va tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda loyihalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech