“DREAM DESIRE” MChJ ning yangi loyihasi bilan tanishildi

28-Iyul, 2026-yil

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev Samarqand shahridagi “Nasos uchastkasi” kichik sanoat zonasida “DREAM DESIRE” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan polipropilen qop ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Xitoyning “DONGLAI” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga tashrif doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan texnologik yechimlar hamda zamonaviy uskunalarni o‘rnatish jarayonlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, loyihaning amalga oshirilish bosqichlari, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muddatlari, kelgusida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari hamda mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida loyihani belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish, ishlab chiqarishni tez fursatda ishga tushirish va investitsiya majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech