Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A. Vaxabov hamda viloyat Kadastrlar palatasi mas’ullari ishtirokida kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yer maydonlarini auksionga chiqarish jarayonida uchrayotgan to‘siq va kamchiliklar tizimning o‘zidan joyiga chiqib tahlil qilindi. Mutasaddilar tomonidan mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, yer ajratish va auksion jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi hamda qonuniyligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari X. Samiyev Payariq tumanidagi Xalqobod sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari X. Samiyev Payariq tumanidagi Xalqobod sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida tadbirkorlarning mavjud muammolari va takliflari atroflicha tinglandi.
Uchrashuvda amalga oshirilmagan loyihalarni ishga tushirish, mavjud loyihalarni kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbariyati tomonidan sanoat zonalarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
Bulung‘ur tumanida joylashgan “Amir Temur” kichik sanoat zonasida tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, sanoat zonasini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 0,5 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortilmoqda.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 300 million so‘m mablag‘ Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan. Ushbu loyiha sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan korxonalar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari natijasida kichik sanoat zonasining ishlab chiqarish salohiyati oshib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratiladi.
Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan Bog‘izog‘on sanoat zonasida yer maydonlari ajratilgan, biroq belgilangan muddatlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlamagan tadbirkorlar holati tahlil qilindi.
O‘rganish davomida ayrim loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilmagani aniqlanib, mazkur holat sanoat zonasining to‘liq quvvatda ishlashiga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Tahlil yakunida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, har bir loyiha bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi hamda faoliyatni tez fursatda boshlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Viloyat Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni mas’ullari tomonidan Samarqand tumani Yangiariq kichik sanoat zonasida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud muammo va kamchiliklar, shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilash, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.
Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan viloyat prokuraturasi, viloyat davlat aktivlari hamda davlat kadastrlari palatasi mas’ullari ishtirokida sanoat zonalari ishtirokchilari uchun yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi, amaldagi qonunchilik talablari, huquqiy asoslar hamda jarayonning bosqichlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xususiylashtirish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarning amaliy tavsiyalari taqdim etildi.
Mazkur tadbir sanoat zonalari ishtirokchilarining huquqiy va amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qildi. Seminar natijalari yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlarini shaffof va samarali tashkil etishga ko‘maklashadi.
Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev tomonidan Samarqand tumanida joylashgan sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlardan foydalanish holati, shuningdek korxonalarda uchrayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni bartaraf etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur o‘rganishlar sanoat zonalarida faoliyatni yanada faollashtirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.