DEHQONOBOD KICHIK SANOAT ZONASIDA SUV TARMOQLARI QURILISHI YAKUNLANDI

27-Oktabr, 2026-yil

 

 

Jomboy tumanidagi Dehqonobod kichik sanoat zonasi hududida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida suv tarmog‘i va suv inshooti qurilishi ishlari yakunlandi.

 

Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar hududning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ishlab chiqarish faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

 

Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd 285 mln so‘mni tashkil etadi.

 

Mazkur infratuzilma obyektining foydalanishga tayyor holga keltirilishi kichik sanoat zonasi salohiyatini oshirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech