Paxtachi tumanidagi “Fay” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari D. Xabibullayev Paxtachi tumanidagi “Fay” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Paxtachi tumani hokimi Q. Xushbakov, tuman prokurori S. Madjidov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari A. G‘iyosov hamda tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish, mavjud infratuzilma, yer ajratish hamda boshqa murojaat va takliflar tinglandi. Har bir masala yuzasidan mutasaddilar tomonidan atroflicha muhokamalar o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli amaliy yordamlar ko'rsatildi.
Shuningdek, hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari ko‘rib chiqilib, ularni o‘z vaqtida ishga tushirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.