DREAM DESIRE MChJning ishlab chiqarish salohiyati o‘rganildi
Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev hamda Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Narbayev tomonidan Samarqand shahri Farhod qo‘rg‘oni hududidagi “Nasos uchastkasi”da joylashgan DREAM DESIRE MChJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Tashrif davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar, yaratilgan ish o‘rinlari hamda kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishildi. Korxona tomonidan bugungi kunda “Oyoq kiyim ishlab chiqarish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda “Qop ishlab chiqarish” yo‘nalishida yangi loyiha doirasida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida bugungi kunga qadar 365 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Korxonada 25 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanib kelinmoqda.