Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish to’g’risida
🔷Samarqand viloyat prokuraturasi tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo’limi boshlig’i A.Vaxobov bo’lim prokurori O’.Xoshimov hamda Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi xodimlari bilan birgalikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” yuzasidan uchrashuv o’tkazildi.
🔹Uchrashuvda, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, ushbu turdagi jinoyatlarning oqibatlari xususida to’xtalib o’tilib, bu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.
🔹Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari to’g’risida hamda ushbu huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.