Samarqand viloyatidagi sanoat zonalarida loyihalar ijrosi bo‘yicha choralar kuchaytirildi

2-Dekabr, 2025-yil

Samarqand viloyati hokimining sanoat bo‘yicha maslahatchisi J. Urakov, “Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” direktori D. Xabibullayev hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Tayloq tumanidagi sanoat zonalarida joylashgan loyihalar holatini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida loyiha egalari bilan muloqot o‘tkazilib, har bir loyiha bo‘yicha bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Mutasaddilar tomonidan sust borayotgan loyihalarga aniq topshiriqlar berilib, ularni to‘liq ishga tushirish bo‘yicha qat’iy muddatlar belgilandi. 

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — sanoat zonalarida investorlar faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratish jarayonini tezlashtirishdan iborat.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech