Payariq tumanida sanoat zonalaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Payariq tuman hokimligida sanoat zonalarida mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish, tadbirkorlarga yaqindan ko‘mak berish maqsadida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari J. Urakov, sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev, shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.
Kun tartibidan kichik va yoshlar sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan turli masalalarni aniqlash, ularni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha taklif va choralarni ishlab chiqish o‘rin oldi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammolar tinglandi va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida sanoat zonalarida ishbilarmonlik muhiti va infratuzilmani yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini qulaylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.