Jomboy tumanidagi “Naymantepa” kichik sanoat zonasida bunyodkorlik ishlari boshlandi

3-Dekabr, 2025-yil

Jomboy tumani “Naymantepa” kichik sanoat zonasida tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududda tadbirkorlar tomonidan yer maydonlari tekislanib, kelgusida quriladigan ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur poydevor tayyorlanmoqda.

Tadbirkorlarning faol tashabbusi bilan ushbu tayyorgarlik ishlari sanoat zonasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga mustahkam asos bo‘ladi.

Mazkur sharoitlar tuman iqtisodiyotining o‘sishiga, yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishiga hamda investorlar uchun qulay muhit shakllanishiga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech