📍Samarqand tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati o'rganildi.
📌Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanov, kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi mas’ullari hamda mas’ul idora vakillari bilan birgalikda tumandagi "Yangiariq Kichik sanoat zonasi"da faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar bilan tanishdi.
Jumladan, “ORIENTAL BUZINESS STILL” XK tomonidan politilen truba va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, “SHERZOD FRUITS BOX” MCHJ gofra karton ishlab chiqarishni tashkil etish, “MAROCAN MOSAIC” MCHJ tomonidan tarixiy obidalarni ta'mirlash va mozayka mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda "PRAKTIK SAMARKAND" MCHJ QKning elektron chiqindilar utilizatsiyasi loyihasi doirasidagi muammolarini hal etilishi nazoratga olindi.