Paxtachi tumanidagi kichik sanoat zonalarida loyihalar o‘rganildi

11-Dekabr, 2025-yil

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev Paxtachi tumanidagi “Burqut”, “Xayit Elbegi” va “Ziyovuddin A.J. Toshkenjayev paxta tozalash punkti” kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

 

Tashrif davomida qurilish jarayonlari, mavjud loyihalarning borishi, shuningdek, to‘xtab qolgan va boshlanmagan tashabbuslarning sabablari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 

Olib borilgan tahlillar asosida loyihalarni jadallashtirish va zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech