Narpay tumanida kichik sanoat zonasi tadbirkorlari muammolari o‘rganildi
Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari D. Xabibullayev, Narpay tumani hokimi A. Boliyev hamda tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida kichik sanoat zonasi tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, infratuzilma, yer hujjatlari va ishlab chiqarish faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Mazkur uchrashuv kichik sanoat zonasida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.