Sariqtepa kichik sanoat zonasida yo‘l infratuzilmasi yaxshilandi
Samarqand viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hamkorligida Sariqtepa kichik sanoat zonasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Loyiha doirasida uzunligi 420 metr, eni 5 metr bo‘lgan ichki yo‘l barpo etildi. Mazkur ishlarni moliyalashtirish uchun Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 334 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ushbu infratuzilma loyihasi sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratib, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.