Pastdarg‘om MTP KSZda eksport salohiyati kengaymoqda

17-Dekabr, 2025-yil

 

Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari D.Xabibullayev “Diyorabonu Fayz Baraka” tikuv-trikotaj korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha ishlar bilan tanishdi.

 

Korxona ayollar va bolalar kiyimlariga ixtisoslashgan bo‘lib, dastlab ichki bozor talabini qondirgan. Bugungi kunda esa Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston bozorlariga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari imzolandi.

 

Kengayish natijasida ish o‘rinlari soni 200 taga yetkazildi, bu esa xotin-qizlar bandligini oshirish va hudud aholisi uchun barqaror ish o‘rinlarini yaratishda muhim qadam hisoblanadi.

 

Loyiha Pastdarg‘om tumanida sanoat salohiyatini mustahkamlash, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish va mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech