Pastdarg‘om tumanida eksport salohiyatiga ega korxona faoliyati o‘rganildi
Pastdarg‘om tumani “Qorag‘uppa” kichik sanoat zonasida joylashgan “NEXT FORUM UZ” MChJ tomonidan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur korxonada hozirda 80 ta ishchi o‘rni yaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilishi bilan bir qatorda Qozog‘iston va Turkiya davlatlariga ham eksport qilinmoqda.
Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori tomonidan korxona faoliyati bilan tanishilib, mavjud muammo va takliflar o‘rganildi. O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Korxona faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish borasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar ko‘rish rejalashtirilmoqda.