Samarqand shahrida qadoqlash materiallari ishlab chiqarish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda
Samarqand shahri “Vaksina” IICHB kichik sanoat zonasi hududida joylashgan “GOLDEN CAKE GROUP” QK tomonidan gofrakarton va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish loyihasi izchil faoliyat yuritmoqda.
Mazkur loyiha doirasida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari yo‘lga qo‘yilib, 150 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Korxona faoliyati natijasida ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorlarga ham mahsulot yetkazib berilmoqda.
Xususan, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida ushbu korxona tomonidan jami 311,9 ming AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich korxonaning eksport salohiyati va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarayotganidan dalolat beradi.
Mazkur loyiha kichik sanoat zonasida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.