Xalqobod kichik sanoat zonasida gaz tarmog‘ini ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda
Payariq tumanidagi Xalqobod kichik sanoat zonasi ishtirokchilari tomonidan murojaat qilinishi natijasida, qurilish ishlarini boshlashga to‘sqinlik qilayotgan gaz tarmog‘ini ko‘chirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur gaz tarmog‘i ayrim loyihalar doirasida yangi ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlari qurilishiga xalal berayotganligi sababli, belgilangan tartibda boshqa hududga ko‘chirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga xizmat qiladi.
Xalqobod kichik sanoat zonasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.