Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi

25-Dekabr, 2025-yil

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimlari uchun census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.

 

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

 

Seminar jarayonida Samarqand viloyati Statistika boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan census.stat.uz portalidan foydalanish tartibi va qoidalari, ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari hamda portal orqali ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 

Mazkur seminar xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish hamda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech