Narpay tumanida yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda

5-Yanvar, 2026-yil

Narpay tumanida yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda

 

Narpay tumani “Baxt” kichik sanoat zonasi hududida “GREEN AKTEX” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Onlayn-auksion savdolari orqali yutib olingan yer maydonida qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetkazilmoqda.

 

Ta’kidlash joizki, mazkur kichik sanoat zonasi sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan to‘liq muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan ta’minlangan.

 

Mazkur loyiha doirasida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Korxona to‘liq ishga tushirilgach, 300 nafarga yaqin doimiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Loyihaning amalga oshirilishi hudud sanoat salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatli mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech