Sanoat zonalarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi
Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev tomonidan Samarqand tumanida joylashgan sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlardan foydalanish holati, shuningdek korxonalarda uchrayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni bartaraf etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur o‘rganishlar sanoat zonalarida faoliyatni yanada faollashtirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.