Amir Temur kichik sanoat zonasi elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda

30-Yanvar, 2026-yil

 

 

Bulung‘ur tumanida joylashgan “Amir Temur” kichik sanoat zonasida tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, sanoat zonasini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 0,5 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortilmoqda.

 

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 300 million so‘m mablag‘ Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan. Ushbu loyiha sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan korxonalar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

 

Amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari natijasida kichik sanoat zonasining ishlab chiqarish salohiyati oshib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech