E’LON

15-Yanvar, 2026-yil

 

Hurmatli sanoat zonalari ishtirokchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar ishlab chiqarish jarayonlari uchun atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning asoslangan ekologik normativlariga ega bo‘lishi lozim.

Shu munosabat bilan, sanoat zonalari ishtirokchilaridan ekologik normativlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish, ekologik ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlatish choralarini ko‘rishlari so‘raladi.
 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech